"Men o‘g‘ri bo‘lganda oylar oydin bo‘ldi"
Jinoyatchini barmoq izlari orqali topishdi.

Bektemir tumanida nomaʼlum shaxs N.R.ning yashash xonadoniga o‘g‘irlikka tushgan. U uy ichidagi seyfdan tilla taqinchoqlar va 450 ming pul o‘g‘irlab ketgan. Mazkur fakt asosida Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi (O‘g‘rilik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida gumonlanuvchi tez orada qo‘lga olindi. Maʼlum bo‘lishicha ushbu fuqaro – 20 yoshli D.A. bo‘lib, uni o‘g‘rilik sodir etgan joyda qoldirgan barmoq izlari orqali aniqlashgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Avvalroq do‘kondan 8 ming dollar va 8 million so‘m pul o‘g‘irlagan shaxs ushlangani hamda Namanganlik 13 yoshli bola buvisining “seyf”iga o‘g‘irlikka tushgani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva







