Angorda o‘zaro tortishuv jinoyat ishining ochilishi bilan yakun topdi
Mushtlashuv oqibatida fuqaro sherigiga og‘ir tan jarohat yetkazgan.

Surxondaryo viloyati Angor tumanida 2021-yil 3-noyabr kuni kuni 20:00 larda ikki erkak o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi. Shu tumanda yashovchi E.Chori to‘yxona oldida, D.Karim bilan o‘zaro janjallashib qolgan. Jahliga erk berolmagan E.Chori, D.Karimni qo‘li bilan boshiga bir marotaba urib, hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohat yetkazgan.
E.Chori IIO tomonidan qo‘lga olingan. Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi "e" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq voyaga yetmagan shaxs uch tengdoshini pichoqlagani hamda metroda begona qizni himoya qilgan yigit ayovsiz kaltaklangani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva







