Jamiyat

Poytaxtning 4 ta tumanida gaz taʼminoti vaqtincha uzib qo‘yildi

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Poytaxtning 4 ta tumanida gaz taʼminoti vaqtincha uzib qo‘yildi

 

"Hududgaz Poytaxt" gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Yangihayot tumani Yangi umid mahallasida joylashgan o‘rta bosim gaz quvurini taʼmirlash ishlari "Hududgaz Poytaxt" GTFning “Yangihayottumangaz” gaz taʼminoti bo‘limi tomonidan rejalashtirilgan.

 

2021-yil 22-noyabr kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha Mirobod tumani “Nukus” 1-tor ko‘chasi 1-2-6-7-9-10-11-13-14-15-uylardagi 130 ta xonadonda, Qo‘shko‘prik ko‘chasida 28 ta xonadonda, Farg‘ona yo‘li ko‘chasidagi 15 ta yerli xonadonda hamda "O‘zbekiston havo yo‘llari", “Sharapova”, “Temiryo‘lnon”, "Shimoliy vokzal" qozonxonasi, “Zehinur” restorani, “Mehrigiyo” MCHJ, A.Qodiriy ko‘chasidagi ulgurji isteʼmolchilarda, Hamal ko‘chasidagi ulgurji isteʼmolchilarda, Yashnobod tumanidagi "Tovarniy dvor" 13-A, “Energomontaj”, "Lak color sintez", Bolalar teatri, Farg‘ona yo‘li ko‘chasidagi ulgurji isteʼmolchilarda tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi.

 

Sergeli tumani, Junariq ko‘chasida joylashgan past bosim D-76 mm gaz quvurini taʼmirlash ishlari "Hududgaz Poytaxt" GTFning “Sergelitumangaz” gaz taʼminoti bo‘limi tomonidan rejalashtirilgan. Shu sababli, 2021-yil 22-noyabr kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha "Junariq" mahallasidagi 93 ta yerli xonadon hamda 4 ta ulgurji isteʼmolchida tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi.

 

"Hududgaz Poytaxt" GTFning 2021-yilda mukammal taʼmirlash dasturiga kiritilgan Mirobod va Yashnobod tumanlari chegarasidagi Kichik halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida ko‘prik qurilishi munosabati bilan vaqtinchalik kesib qo‘yilgan halqalovchi yerosti o‘rta bosimli D-530 mm gaz quvurini qayta ulash ishlari rejalashtirilgan. 

 

Taʼkidlanishicha, 22-noyabr kuni soat 11:00 dan 18:00 gacha Sergeli 5-mavzedagi 35 ta ko‘p qavatli uydagi 2 240 ta xonadon hamda 6 ta ulgurji isteʼmolchida tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi.

 

“Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali taʼmirlash ishlari tufayli gaz taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz isteʼmolchilaridan uzr so‘raydi, — deyiladi xabarda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentning 2 ta tumanida hamda uchta tumani vaqtincha gaz taʼminotidan uzib qo‘yilishi haqida xabar berilgandi.

Poytaxtning 4 ta tumanida gaz taʼminoti vaqtincha uzib qo‘yildi | Zamon.uz