Qidiruvda bo‘lgan shaxs o‘z oyog‘i bilan YPX xodimiga tutildi
YPX xodimlarida shubha uyg‘otgan shaxs planshetdagi maxsus dastur orqali qidiruvda ekani aniqlandi.

Bugun Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimlari tomonidan Yunusobod tumanida "Toyota Land Cruiser" rusumli avtomobilni to‘xtatildi. O‘zining hatti-harakatlari bilan YPX xodimlarida shubha uyg‘otgan shaxs planshet moslamasi yordamida maxsus dastur orqali tekshirildi.
Shubha asosli bo‘lib chiqdi. Haydovchi 1990-yilda tug‘ilgan A.X. Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib, 2021 yil 8 oktyabr kunidan buyon qidiruvdaligi maʼlum bo‘ldi.
Darhol tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib fuqaro A.X. tuman IIO FMBga topshirildi.
Avvalroq, Interpolning O‘zbekiston Respublikasidagi milliy markaziy byurosi tomonidan xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs Birlashgan Arab Amirliklarida qo‘lga olingani hamda Qidiruvda bo‘lgan shaxs aeroportda qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.
Муножат Валиева







