Jamiyat

Firibgarning nayrangi ish bermadi

U tadbirkordan 2 700 AQSH dollar so‘ragan.

Firibgarning nayrangi ish bermadi

 

Zangiota tumanida yashovchi B.E. tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqaro Sh.dan tuman hududida joylashgan savdo majmuasiga tegishli bo‘lgan piyodalar yo‘lagini hech qanday hujjatlarsiz 13 oy muddatga savdo faoliyatini amalga oshirish uchun ajratib berishni va'da qiladi. Shuningdek, tekshiruvchilarni uning yaqiniga yo‘latmaslik evaziga 2 700 AQSH dollar so‘ragan.

 

B.E. pullarni firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtida Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXXning Zangiota tuman bo‘limi hamda IIB xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Avvalroq qalbaki pul tayyorlagan shaxslar ushlangani hamda tadbirkorga ko‘p qavatli uy qurilishini olib berishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlangani haqida xabar berilgandi.

 

Munojat Valiyeva 

 

Firibgarning nayrangi ish bermadi | Zamon.uz