"Golden Cash" taʼsischilari ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Har biriga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

29 yoshli Ukraina fuqarosi M.M. Toshkent shahrida “Golden Cash store” MCHJ nomi bilan xorijiy korxona tashkil etgan. Bir guruh hamtovoqlari bilan oldindan til biriktirib, fuqarolarni targ‘ibot-tashviqot ishlari hamda internet tarmog‘i orqali yolg‘on maʼlumotlar berib avragan. Korxonadan tilla va kumush buyumlarini sotib olish yo‘li bilan yillik 260 % gacha daromad berib borishni aytib, ularni aldagan. Fuqarolarning ishonchiga kirib, pul mablag‘larini qabul qilgan. Bunda mijozlar oldidagi majburiyatlarini yangi mijozlar hisobidan qoplashgan. Ya'ni, go‘yoki daromad sifatida plastik kartalariga maʼlum miqdorda pul mablag‘larini o‘tkazib turishgan. Mana shunday qing'ir ishlari bilan respublika bo‘yicha ko‘plab fuqarolarning juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini qo‘lga kiritishgan.
Joriy yilning 17 noyabr kuni “Golden Cash Store” MCHJ ko‘rinishdagi xorijiy korxona mansabdor xodimiga nisbatan JKning 1881-moddasi 2-qismi “v", "g” bandlari (pul mablag‘larini va (yoki) boshqamol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha fuqarolarga yetkazilgan zararni aniqlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Chet el fuqarolari M.M., B.K., S.T., A.S. va X.Sh.larga Jinoyat kodeksining 1881-moddasi 2-qismi “v, g” bandlari bilan ayblov eʼlon qilinib, har biriga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Avvalroq tadbirkorning 1 milliard so‘mini qo‘lga kiritgan firibgar ushlangani hamda tadbirkorga ko‘p qavatli uy qurilishini olib berishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlangani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva







