Jamiyat

Noyabr oyining rasmiy inflyatsiyasi eʼlon qilindi

Bir oy davomida butun jamoatchilik diqqatida bo‘lgan benzin narxlari 9,8% ga qimmatlashgani qayd etildi.

Noyabr oyining rasmiy inflyatsiyasi eʼlon qilindi

 

Statistikaga ko‘ra, yillik inflyatsiya  10,3 % ko‘rsatkichga ega  bo‘lgan. Bu intrigaga o‘rin qolmaganini ko‘rsatadi.

 

Joriy yil yakuniga ko‘ra, maqsadli oriyentir - 10 % dan past inflyatsiya ko‘rsatkichiga chiqish uchun dekabr inflyatsiyasini ham rasman 1,3 %, deb eʼlon qilindi.

 

 

Shu bilan birga noyabrda 1,9 % lik oziq-ovqat inflyatsiyasi, 0,8 % lik nooziq-ovqat inflyatsiyasi va 0,5 % lik xizmatlar inflyatsiyasi ham hisobga olingan.  Shuningdek, oziq-ovqatlar ro‘yxatida kartoshka (10,0 %), piyoz (7,5 %),  tuxum (5,4 %), sut (4,1 %), shakar (4,1 %), un (1,6 %) qimmatlagani eʼlon qilingan. Qo‘y va mol go‘shti noyabrda arzonlashgan.

 

Isteʼmol narxlari indeksida noyabr uchun qabul qilingan vaznlar hali maʼlum emas.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 10-15 kunda benzin narhi o‘zgarishi hamda O‘zbekiston mobil telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar maʼlum bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Noyabr oyining rasmiy inflyatsiyasi eʼlon qilindi | Zamon.uz