Turkiyada bedarak yo‘qolgan yigit oilasiga qaytarildi
U Turkiyaning Gaziantep shahridagi "Geri Gonderme" (orqaga qaytarish) markazida saqlanayotganligi aniqlandi.

Joriy yilning 23-noyabr kuni O‘zbekiston fuqarosi Odilov Dilshodbek G‘ayrat o‘g‘li Istanbul shahrining Bayramposhsha tumanida ish joyidan chiqqandan so‘ng uyiga kelmagani va o‘sha kundan beri u bilan aloqa uzilgani haqida xabar berilgandi. Uni ko‘rgan, bilgan va u haqida eshitganlardan O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga xabar berishingizni so‘ralgan edi.
O‘zbekiston Respublikasining Turkiyadagi Bosh konsulxonasi va elchixonasi xodimlari tomonidan Turkiya huquqni muhofaza qilish organlari orqali olib borilgan hatti-harakatlari natijasida yigit nihoyat topildi. U Turkiyaning Gaziantep shahardagi "Geri Gonderme" (orqaga qaytarish) markazida saqlanayotganligi aniqlandi. O‘zbekistonga qaytarildi.
Avvalroq, Rossiyada yuz bergan ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgan migrantlar 40 yilga deportatsiya qilingani hamda Rossiya O‘zbekistonning 150 ming fuqarosiga mamlakatga kirishga qo‘yilgan taqiqni olib tashlangani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva







