0

Avtomobilni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘lovida o‘zgarish kutilmoqda

Adliya vazirligi "Davlat boji to‘g‘risida"gi qonunga o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritishga oid qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga taqdim etdi.

Avtomobilni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘lovida o‘zgarish kutilmoqda

 

Unda avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish(oformleniya) xarajatlari avtotransport uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari, yaʼni 810 ming so‘m miqdorda belgilanishi ko‘zda tutilgan.

 

Hozirda mazkur to‘lov mashinaning ishlab chiqarilgan yili va ot kuchiga qarab 2,7 mln so‘mgacha bo‘lishi mumkin.

 

Shuningdek, loyihada ko‘chmas mulkni boshqa shaxs nomiga o‘tkazish xarajatlari bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari, 405 ming so‘m miqdorida belgilanishi ham ko‘zda tutilmoqda.

 

Avvalroq, Davlat byudjeti loyihasi muhokama qilingani va Fermer xo‘jaliklari yer solig‘idan ozod qilinishi haqida xabar berilgandi.

 

Maftuna Rejabboyeva tayyorladi

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"