Buxoro viloyatida xizmat mavqeidan foydalangan firibgar aniqlandi
Firibgar olgan pullarni qaytarib berdi

Savdo-sanoat palatasi Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi Tadbirkorlik subyektlari huquqlarini himoya qilish sektori yetakchi mutaxassisi O.D. xizmat mavqeidan foydalanib firibgarlikka qo‘l urdi. Bu holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda maʼlum bo‘ldi. “M.I.” MCHJ rahbari M.ga bank muassasasidan 400 ming AQSH dollari kredit olib berishda amaliy yordam berish evaziga firibgarlik yo‘li bilan 3 000 AQSH ga qo‘lga kiritgan. So‘ng aybiga iqror bo‘lib 3000 AQSH dollarini qaytargan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, 400 millionlik kreditni o‘g‘irlagan firibgar qo‘lga olingani hamda “Uddaburon” firibgar haydovchini chuv tushirgani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva







