Jamiyat

Farg‘onada 100 million so‘mlik maishiy texnikalarni noqonuniy saqlagan fuqaro aniqlandi

Aniqlangan tovarlarning rasmiylashtirishdan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emas.

Farg‘onada 100 million so‘mlik maishiy texnikalarni noqonuniy saqlagan fuqaro aniqlandi

 

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish hamda bojxona auditi bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda fuqaro H.B.ning Farg‘ona tumanidagi yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

 

Tekshiruv davomida H.B. o‘z xonadonida xorijda ishlab chiqarilgan umumiy qiymati 100 million so‘mlik 400 dona dazmollar saqlagani aniqlandi.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Avvalroq hujjatlarda ko‘rsatilmagan 258 million so‘mlik tovarlar fosh bo‘lgani hamda Namanganda noqonuniy olib o‘tilayotgan matolar aniqlangani haqida xabar berilgandi. 

Munojat Valiyeva

 

Farg‘onada 100 million so‘mlik maishiy texnikalarni noqonuniy saqlagan fuqaro aniqlandi | Zamon.uz