Sovuq qurolni olib yurish javobgarlikka sabab bo‘ladi
Qaysi vaqtda fuqaro maʼmuriy javobgarlikka tortilmaydi?

O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 185-2-moddasiga asosan, sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni jamoat joylarida ochiq(g‘ilofsiz) holda olib yurish qatʼiyan taqiqlanadi va BHMning ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Shuningdek, sovuq qurolni va sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni jamoat joylarida olib yurish huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib yoki musodara qilmay, BHMning 1 baravaridan - 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Bu tartibga, xuddi shuningdek o‘zini o‘zi himoya qilish maqsadida olib yurish ham kiradi va u ham taqiqlanadi.
Biroq bundan mustasno holatlar ham mavjud. Agar fuqaro ulardan ov qilishda, kasbiy faoliyatda, sport faoliyatida yoki xo‘jalik-maishiy maqsadlarda foydalanish uchun olib ketayotgan bo‘lsa, unda bu xatti-harakatlar qonun buzilishi hisoblanmaydi va maʼmuriy javobgarlikka tortilishga sabab bo‘lmaydi.
Bundan tashqari, agar mazkur qurollar yuqoridagi talabga javob bermasa va uzunligi 90 mm dan ortiq bo‘lsa, maishiy maqsadlarda foydalanishga moslanmagan bo‘lsa, ularni taʼmirlash, saqlash, sotib olish, mamlakat hududiga olib kirish va yana shunga o‘xshash holatlar uchun maʼmuriy javobgarlik belgilangan. Bunda fuqaro BHMning 5 barobaridan 10 barobariga jarima to‘laydi yoki o‘n besh sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olish bilan jazolanadi.
Avvalroq Jarqo‘rg‘onda aka-ukalarning o‘zaro janjali pichoqbozlik bilan yakunlangani hamda Homilador xotini va qaynotasini chopqi bilan chopib tashlagan erkak 20 yilga qamalgani haqida xabar berilgandi.
Olamgir Abdiyev







