Jamiyat

Surxondaryodagi talabalar yotoqxonasidani yong‘in bo‘yicha viloyat FVBga xabar kelib tushmagan

Voqea kecha oqshom sodir bo‘lgan.

Surxondaryodagi talabalar yotoqxonasidani yong‘in bo‘yicha viloyat FVBga xabar kelib tushmagan

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialining o‘g‘il bolalar yotoqxonasida “elektroshit” yonib ketib, portlagani haqida xabarlar tarqaldi.

 

Lekin ushbu hodisa yuzasidan Surxondaryo viloyati FVBga xabar kelib tushmagan.

 

Aniqlanishicha, voqea kecha, 7-dekabr kuni soat 22:00 lar atrofida sodir bo‘lgan. Unda binodagi “elektroshit”dan yuqori yuklanish oqibatida tutun chiqqan. Yotoqxona komendanti tomonidan binoning elektr taʼminoti asosiy tarmoqdan uzilgandan so‘ng tutun to‘xtagan. Ushbu vaziyatda hech qanday yong‘in, portlash hodisasi sodir bo‘lmagan. Vaziyat oqibatlari universitet elektrigi tomonidan bartaraf etilgan.

 

Avvalroq NamDUga qarashli talabalar yotoqxonasida yong‘in chiqqani hamda Toshkent davlat texnika universiteti oshxonasi yonib ketgani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

Surxondaryodagi talabalar yotoqxonasidani yong‘in bo‘yicha viloyat FVBga xabar kelib tushmagan | Zamon.uz