Toshkent shahrida "Orlando" yonib ketdi
Sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda “Orlando” rusumli avtomobilning yonib ketgani aks etgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi rasmiy maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, 2021-yil 8-dekabr kuni soat 18:50 larda Toshkent shahar, Olmazor tumani Nurafshon va Qorasaroy ko‘chalari kesishgan chorrahada, haydovchi 1976 yilda tug‘ilgan K.X. boshqaruvidagi “Orlando” rusumli avtomobilning dvigatel qismida yong‘in yuzaga kelgan. Haydovchi zudlik bilan to‘xtab, avtomobildan tushgan.
“Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Mazkur hodisa yuzasidan Olmazor tumani FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda”, – deyiladi xabarda.
Avvalroq Zominda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan “Nexia”ning yonib ketgani va Yakkasaroy tumanida “Lasetti”ning yo‘ldagi yoritish chirog‘iga urilishi natijasida yong‘in yuzaga kelgani haqida maʼlumot berilgandi.
Javohirbek Tursunov








