Buxoroda bayram arafasida to‘rtta oila yarashtirildi
Bu haqda MIBning jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Farrux Toshpulatov zamon.uz ga maʼlum qildi.

“Konstitutsiya kuni” bayrami tadbirlarida Majburiy ijro byurosi Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan aliment undiruvchiga oid ijro hujjatlari yuzasidan to‘rtta oila yarashtirildi.
Byuroning Vobkent tumani bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Peshko‘ tumanlararo sudining 24.07.2021 yildagi qarzdor S.Inoyatovdan undiruvchi Z.Latifova foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy taʼminoti uchun ish haqi va boshqa turdagi daromadlarining ¼ qismi miqdorida aliment undirish;
-fuqarolik ishlari bo‘yicha Peshko‘ tumanlararo sudining 21.09.2021 yildagi qarzdor A.Baxshilloyevdan undiruvchi O.Ostonova foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy taʼminoti uchun aliment undirish;
-fuqarolik ishlari bo‘yicha Peshko‘ tumanlararo sudining 10.11.2021 yildagi qarzdor F.Atoyevdan undiruvchi G.Badriddinova foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy taʼminoti aliment undirish;
-Romitan tumanida fuqarolik ishlari bo‘yicha Romitan tumanlararo sudining 22.10.2021 yildagi qarzdor H.Tursunovdan undiruvchi M.Temirova foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandi moddiy taʼminoti uchun har oydagi ish haqi va boshqa daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish ijro hujjati bo‘yicha taraflar o‘rtasida yarashtirish chorasi ko‘rilib, oilalar tiklandi.
Avvalroq Urganchda MIB aralashuvi bilan 21 ta oila yarashtirilgani hamda Qarzdor ota aliment to‘lovi o‘rniga farzandlariga uy bergani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva







