G‘ijduvoncha shashlikka marhamat!
Buxorodagi hosil bayramida har yili kabob festivali bo‘lib o‘tadi.

11-dekabr soat 10:00 da G‘ijduvon tumanidagi “Paxtakor” stadionida "Hosil bayrami" bo‘lib o‘tadi. Festivalda xonanda Farhod Saidov, Gulsanam Mamazoitova hamda so‘z ustasi Avaz Oxunning qatnashishi kutilmoqda.
Bundan tashqari bayram doirasida Agrar sektorda samarali faoliyat yuritgan soha rahbarlari, yurtimizning iqtisodiy qudratini va eksport salohiyatini yuksaltirishga qo‘shgan salmoqli hissasi, yerlarni meliorativ holatini yaxshilash, ilg‘or agrotexnologiyalarni amaliyotga joriy etish borasida xizmat ko‘rsatganlar munosib rag‘batlantiriladi.
Esaltib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda “Shashmaqom” respublika festivali o‘tkazilishi hamda Prezident xalqaro kinofestival ishtirokchilarini qutlab, ularga muvaffaqiyat tilagani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







