Jamiyat

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi YTH oqibatida 65 yoshli yo‘lovchi vafot etdi

Ikki nafar haydovchi va ikki nafar yo‘lovchi turli tan jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi YTH oqibatida 65 yoshli yo‘lovchi vafot etdi

 

Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi. 25 yoshli "Matiz" haydovchisi S.R. yo‘lda harakatlanib ketayotganida, qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan 27 yoshli A.t. boshqaruvidagi "Lacetti" avtomobilini o‘tkazib yubormaganligi natijasida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

 

Oqibatda, “Matiz” yo‘lovchisi 65 yoshli Z.M. olgan og‘ir tan jarohatlari tufayli, voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, ikkala avtomobil haydovchilari hamda "Matiz" avtomobilining 40 va 6 yoshli yo‘lovchilari turli tan jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

 

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Аvvalroq Jizzaxda ayanchli YTH oqibatida 17 yoshli yigit halok bo‘lgani hamda Qashqadaryoda yosh inspektor YTH oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgandi. 

 

Munojat Valiyeva

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi YTH oqibatida 65 yoshli yo‘lovchi vafot etdi | Zamon.uz