Zamonaviylashgan "stakan": YPXda yangi innovatsiya!
Sirdaryoda YPХ xodimi "Alkotester" o‘rniga “stakan”dan foydalandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hududida YPH xodimi “Lacetti” rusumli avtomobil haydovchisini to‘xtatib so‘ng uni spirtli ichimlik isteʼmol qilgan yoki yoki yo‘qligini bir marotaba foydalaniladigan “stakan” orqali tekshirmoqchi bo‘lgani aks etgan video tarqaldi.
Mazkur holat Sirdaryo viloyati IIB YHXB masʼul xodimlari tomonidan o‘rganildi.
YPH xodimi o‘rnatilgan tartibga zid ravishda xizmat olib borganligi aniqlanib xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilishi taʼminlanadi.
Maʼlumot uchun, Sirdaryo viloyati IIB YHXB xodimlari uchun eski namunadagi 7 dona va yangi namunadagi 16 dona, jami 23 dona spirtli ichimlikdan mastlik holatini aniqlovchi "Alkotester" moslamalari tarqatilgan.
Avvalroq Olmaliqda YPH xodimiga "Qora Malibu"ni qo‘yib yuborishni buyurgan komandirga chora ko‘rilgani hamda Toshkentda YPH xodimi qoida buzgan haydovchini chora ko‘rmasdan qo‘yib yuborgani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva







