O'zbekiston

O‘zbekistonda hayvonlarga nisbatan yana bir shafqatsizlik aniqlandi

“Mehr va Oqibat” nodavlat tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi IIVga chora ko‘rishni so‘rab murojaat qilgan.

O‘zbekistonda hayvonlarga nisbatan yana bir shafqatsizlik aniqlandi

 

“Mehr va oqibat” nodavlat tashkilotining “Ishonch telefoni”ga Toshkent shahrida yashovchi fuqarodan videoxabar yuborilgan. Videoda itlar jangi va ularga nisbatan qilingan shafqatsizliklar aks etgan.

 

14 soniyalik videoda o‘rta yoshli erkak tirik itorqa oyoqlarini bog‘lab zanjir yordamida daraxt shoxiga ilib tersini shilgan. Qonga belangan it orqa oyoqlaridagi yetishmayotgan terisini og‘riqdan yalashga harakat qilayotgan vaqt erkak tayoq bilan itning bosh qismiga zarba bergan. Shundan so‘ng qolgan tersini shilish bilan birga itning hushini yo‘qotishini bir necha soniya kutgan. It osilgan xolda ayanchli o‘lim topgan.

 

1 daqiqa davom etadigan ikkinchi videotasvirda o‘smir yigit itni bo‘yin qismidan arqon bilan bog‘lab, futbol darvozasi ustuniga osib qo‘ygan. Arqondan bo‘g‘ilib hushidan ketgan it ham bosh va tana qismiga tushgan zarbalardan ayanchli o‘lim topgan.

 

Ushbu videolarni yuborgan murojaatchi keyinroq “Mehr va oqibat” nodavlat tashkilotiga ariza bilan murojaat qilib chora ko‘rishni so‘ragan.

 

Qabul qilingan ariza va mavjud video dalillar, shuningdek, Telegramdagi guruhlardan kelgan havolalar asosida “Mehr va Oqibat” nodavlat tashkiloti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga chora ko‘rishni so‘rab murojaat qilgan. Endilikda hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lgan shaxslar, shuningdek, shafqatsiz munosabatda bo‘lishni targ‘ib qiluvchi shaxslar yuridik javobgarlikka tortiladilar.

 

Avvalroq voyaga yetmagan bolaning mushukka nisbatan g‘ayriinsoniy munosabatda bo‘lgani hamda O‘zbekistonda hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi haqida xabar berilgandi.

Munojat Valiyeva

custom img

O‘zbekiston 19-martdan BAAga aviaqatnovlarni qayta tiklaydi

Bekor qilingan chiptalar bepul qayta rasmiylashtiriladi.

custom img

Maktablarda bahorgi ta’til 20-martdan boshlanadi

4-chorak darslari 30-martdan boshlanishi belgilandi.

custom img

Samarqandga yil yakuniga qadar 6 million sayyoh jalb qilish maqsadi qo‘yildi

Prezident raisligida Narpayda Samarqand viloyatini rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

custom img

Ramazon oyining 29 kun bo‘lishi tabiiy holat — Fatvo markazi

Bu Oy harakatiga asoslangan hijriy-qamariy taqvim bilan bogʻliq va ro‘za savobiga ta’sir qilmaydi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi

Turizm qo‘mitasi va Transport vazirligi Ramazon kunlarida ziyoratgohlar va tarixiy obidalarga qulay tashrif sharoitini yaratadi.

custom img

Samarqandda 43 ming gektar maydonda yaylov tashkil qilinadi

Samarqand viloyatida yaylovlar, chorvachilik va turizmni rivojlantirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi.

custom img

Samarqandda xorijdan olib kelingan 38 kilogrammga yaqin narkotik moddalar musodara qilindi

Shuningdek, xususiy avtomashina garajiga yashirilgan 9,04 kg opiy ekstraksiyasi aniqlangan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatidagi loyihalarni ishga tushirdi va yangilarining qurilishini boshlab berdi

Shahar va tumanlarda 106 ta yangi loyiha ishga tushirish va qurilishga tayyorligi ma’lum qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"