Jamiyat

Qarshida “Gazel” yonib ketdi

Voqea 16-dekabr kuni soat taxminan 17:02 lar atrofida bo‘lgan.

Qarshida “Gazel” yonib ketdi

 

101 qisqa raqami orqali Qarshi shahar FVB ga Qarshi shahar A. Navoiy ko‘chasida harakatlanib kelayotgan avtomobilda yong‘in sodir bo‘lgani haqida murojaat kelib tushgan.

 

Yong‘in  joyiga Qarshi shahar FVB dan 1 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linma jalb etilib, yong‘in bartaraf etilgan.

 

Qashqadaryo viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabarida aytilishicha, ro‘y bergan yong‘in avtoulovning motor va old salon qismini qisman zararlagan.

 

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, ushbu trasport vositasi Qarshi tumani Dasht QFY da yashovchi 1979 yilda tug‘ilgan fuqaro J.R boshqaruvida bo‘lgan “UZTELECOM” AJning Qashqadaryodagi bo‘limiga qarashli “Gazel” rusumli avtomobil ekanligi maʼlum bo‘ldi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, yong‘indan hech kim tan jarohati olmagan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Tesla”ning yangi modeli yonib ketgani hamda “Damas” va “Cobalt” raqobati uzoqqa cho‘zilmadi: YTHda “Damas” yonib ketgani haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Qarshida “Gazel” yonib ketdi | Zamon.uz