Jahon

JSST koronavirusga qarshi qo'llash uchun Hindiston vaksinasini tasdiqladi

CovavaxTM deb nomlangan vaksina, asosan, kam daromadli mamlakatlarga yuboriladi.

JSST koronavirusga qarshi qo'llash uchun Hindiston vaksinasini tasdiqladi

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Amerikaning Novavax kompaniyasi litsenziyasi asosida Hindistonda ishlab chiqarilgan CovavaxTM deb nomlangan COVID-19 vaksinasidan favqulodda foydalanishga ruxsat berdi, deb xabar bermoqda Associated Press.

 

Preparatning afzalliklaridan biri uni oddiy sharoitda saqlash mumkinligidadir. To'liq emlash bosqichini yakunlash uchun vaksinaning ikki dozasi olish kerak.

 

Preparat yangi "Omicron" shtammiga qarshi kurashda qanchalik yordam berishi mumkinligi hozircha so'roq ostida.

 

Vaksina kam daromadli mamlakatlarda, jumladan, JSSTning COVAX dasturi orqali emlash darajasini oshirishga yordam berishi kutilmoqda.

 

CovavaxTM JSST tomonidan tasdiqlangan toʻqqizinchi COVID-19 vaksinasi hisoblanadi.

 

Avvalroq Hindistonda soxta vaksina bilan emlagan shifokorlar qo‘lga olingani xabar qilingandi. Shuningdek, JSST tomonidan COVID-19 pandemiyasi 2022 yil so‘nggiga qadar cho‘zilishi haqida ma’lum qilingan.

Nasiba To'xtayeva

custom img

Tojikiston hijob va uzun soqol taqiqlangani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Ayrim OAVlarda tarqalgan hijob va soqol bo‘yicha ma’lumotlar haqiqatga mos kelmaydi.

custom img

Pokistonda kuchli yomg‘irlar oqibatida 100 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Musson yomg‘irlari yuzlab binolarga zarar yetkazib, 200 dan ortiq inshootning butunlay vayron bo‘lishiga sabab bo‘ldi.

custom img

AQSh va Saudiya Arabistoni Iroqdagi obyektga zarba berdi

Vashington operatsiya AQSh va Saudiya Arabistoni manfaatlariga tahdid solayotgan nishonlarga qarshi o‘tkazilganini, voqealar Eron raketalari bilan bog‘liq emasligini bildirdi.

custom img

Infantino Jahon chempionati ulushlarini xususiy investorlarga sotmoqchi

Tashabbus UEFAning keskin tanqidiga sabab bo‘ldi.

custom img

Yaponiyadagi zilzila qurbonlari soni 13 nafarga yetdi

Zilzila oqibatlarini bartaraf etish va qidiruv-qutqaruv ishlariga 4,6 mingga yaqin harbiy xizmatchisi jalb etilgan.

custom img

Tramp Netanyaxuni odatdagidan sovuqroq kutib oldi

AQSh prezidenti va Isroil bosh vaziri o‘rtasidagi taranglik bir necha haftadan buyon davom etmoqda.

custom img

Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi terrorchilar bilan aloqani yashirgani uchun hibsga olindi

Erkak xalqaro qidiruvdagi terrorchilik tashkiloti a’zosi bilan olti oy davomida muntazam muloqot qilgan.

custom img

Yaponiyada 7,1 magnitudali zilzila oqibatida savdo markazida portlash bo‘ldi

Tabiiy ofat oqibatida elektr ta’minoti uzildi, yo‘llar va binolar shikastlandi, savdo markazida yuz bergan portlashdan keyin 20–30 nafar ishchi bedarak yo‘qoldi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"