O'zbekiston

Farg‘onada bir kilo vazn tashlaganlarga 500 ming so’m beriladi

Bu haqda Xayrullo Bozorov xalq deputatlari viloyat kengashining 38-sessiyasida ma’lum qildi.

Farg‘onada bir kilo vazn tashlaganlarga 500 ming so’m beriladi

 

Bugun, 20-dekabr kuni xalq deputatlari Farg’ona viloyati Kengashining o‘ttiz sakkizinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. Unda viloyat hokimi Xayrulla Bozorov Farg‘onada aholini sog‘lom turmush tarziga o‘rgatish maqsadida yangi tajriba yo‘lga qo‘yilganini, agar ortiqcha vaznga ega rahbarlar va fuqarolar vazn tashlasa, ularga ma’lum miqdorda pul mukofoti to‘lanishini ma’lum qildi.

 

“Eng katta xatomiz – sog‘lom turmush tarziga rioya qilmasligimiz. Farg‘ona tajribasini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq berdim. Qaror va nizom qilyapmiz. Ortiqcha vaznga ega rahbar yil davomida 5 kilodan boshlab 10-15 kilogacha vazn tashlasa, biz unga pul mukofoti beramiz.

 

Uning tartibi qanaqa bo‘ladi? Har bir shahar-tumanda alohida komissiya bo‘ladi. Masalan, bir rahbar yo fuqaro o‘zi yashaydigan hududdagi poliklinikaga boradi va bugungi sana bilan ro‘yxatdan o‘tadi. Vaznini o‘lchatib, yozdirib qo‘yadi. Agar o‘sha odam olti oydan keyin 5 kiloga ozsa, biz unga eng kamida 2,5 million so‘m pul beramiz. Tasavvur qiling, 1 kilo vazn tashlaganga besh yuz mingdan to‘laymiz. O‘zi kulgili, lekin shunday qilmasak bo‘lmaydi. Bu ham Farg‘ona tajribasi bo‘ladi. 5 kilo vazn tashlasa 2,5 million, 10 kilo vazn tashlasa, 5 million pul oladi. Keyin unga pul berishning hojati qolmaydi. 10 kilo vazn tashlasa, o‘zi ham yengil bo‘lib qoladi. Dunyoga boshqacha ko‘z bilan qarashni boshlaydi”, – deydi Xayrulla Bozorov.

 

custom img

Baxtiyor Inoqov Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlandi

Inoqov Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi magistratura bosqichi bitiruvchisi hisoblanadi

custom img

Xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan ikki xodim “Jasorat” medali bilan taqdirlandi

Marhum FVV xodimi Toshkentdagi xonadonda bo‘lgan yong‘inda 7 kishini qutqarib, o‘zi halok bo‘lgandi. YPX xodimi Spark urib ketishi oqibatida vafot etgandi.

custom img

Sherzod Asadov “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi

Sherzod Asadov 2021-yil mart oyidan buyon prezident matbuot kotibi sifatida ishlab kelmoqda.

custom img

Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari Firdavs Abduxoliqov yuksak mukofot bilan taqdirlandi

Prezident farmoniga ko‘ra bir qator davlat xizmatchilari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

custom img

Komil Allamjonov “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Komil Allamjonov O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi siyosiy-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun taqdirlandi.

custom img

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan bir qator soha vakillari mukofotlandi

Prezident farmoni bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat va san’at hamda OAV sohalarida faoliyat yuritayotgan bir guruh xodimlar taqdirlandi.

custom img

Taniqli qilichboz va MOQ sobiq raisi Sobir Ro‘ziyev vafot etdi

U jahon chempionatlarida 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritgan.

custom img

Qozog‘istonda YTH oqibatida 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Hozirda ularni Vatanga olib kelish choralari ko‘rilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"