Jahon

Putin Afg‘oniston masalasi haqida gapirdi

“Afg‘onistonga 20 yildan buyon vayronkor hatti-harakatlar qilib kelayotganlar yordam bersin!” – degan u.

Putin Afg‘oniston masalasi haqida gapirdi

 

Yaqinda bo‘lib o‘tgan Rossiya prezidenti va 500 nafardan ortiq jurnalistlar ishtirokidagi yig‘ilishda Afg‘oniston masalasi ham ko‘tarildi. Vladimir Putin bu mavzuga to‘xtalar ekan, mamlakat ichida “yashagan” davlatlar aslida afg‘on xalqiga ko‘proq gumanitar yordam ko‘rsatishini taʼkidlagan.

 

Rossiya Federatsiyasi rahbari Sputnik muxbirining “Tolibon” harakatining tan olinishi haqidagi savoliga quyidagicha javob bergan.

 

“Biz mintaqada barqarorlik bo‘lishini istardik. Bu aslida Rossiya uchun “behuda” savol emas. Federatsiya chegaradosh Markaziy Osiyo respublikalari orqali ekstremistlar kirib kelishidan doim xavotirda bo‘lgan. Bozorlardagi giyohvand moddalarning 90% kelib chiqishi Afg‘onistondan. Shunday ekan, hukumat giyohvandlik moddalarining mamlakat hududida keng tarqalib ketishidan qo‘rqadi”.

 

Vladimir Putinning munosabatiga ko‘ra, “eʼtirof etish” aslida haqiqatga yaqin bo‘lishi lozim. Birinchi navbatda AQSH o‘z banklarida muzlatib qo‘yilgan afg‘on hisoblaridan cheklovlarni olib tashlashi kerak. Shuningdek, Rossiya rahbari Qo‘shma Shtatlarning Afg‘onistonga gumanitar yordam ko‘rsatishi zarurligini aytar ekan, aks holda u yerda ocharchilik boshlanishini, bu esa butun mintaqaga taʼsir qilishini taʼkidlaydi.

 

Avvalroq “Tolibon” afg‘onistonlik taniqli qo‘shiqchini o‘ldirgani hamda Afg‘oniston beshta mamlakatdan gumanitar yordam olgani haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"