O'zbekiston

"Biz ham yangisidan minaylik!"

Ayni vaqtda mamlakatimizdagi tijorat banklari taklif qilayotgan avtokreditlar haqida bilasizmi?

"Biz ham yangisidan minaylik!"

 

"Mikrokreditbank" 

Kredit muddati: Muddatini uzaytirish huquqisiz 3 yilgacha(36 oy);

Kredit summasi: Avtotransport vositasining 100% miqdorida;

Boshlang‘ich to‘lov: Avtomashina qiymatining 30%dan kam bo‘lmagan miqdorda.

Foiz stavkasi: 27 foiz;

Shuningdek, Mikrokreditbank ATB tizimida ochilgan ish haqi plastik kartalari egalari bo‘lgan byudjet tashkiloti xodimlariga avtokreditlarni 48 oygacha yillik 20 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda beradi. Bunda boshlang‘ich to‘lov avtomashina qiymatining 30 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda bo‘ladi.

 

“Ipak Yo‘li” banki

Mazkur tijorat banki avtokreditni ikki xil tarzda taklif qiladi:

1. Avtokredit(boshlang‘ich to‘lovsiz)

Kredit muddati: 48 oygacha;

Kredit foizi: 26,9%

Umumiy kredit miqdori 300 mln. so‘mgacha

Maʼlumot uchun, garovga qo‘yiladigan mulk umumiy summaning 45 foiziga teng bo‘lishi lozim.

 

2. Avtokredit

Kredit foizi: 21,9/22,9/25,9%;

Boshlang‘ich to‘lov: 25%;

Kredit muddati: 48 oygacha;

Kreditning umumiy summasi 300mln. so‘mdan 450 mln. so‘mgacha

Maʼlumot uchun, avtokreditning bu turida garovga narsa talab qilinmaydi, ammo murojaatchi bankka umumiy summaning 15 foizi miqdorida depozit qo‘yishi lozim bo‘ladi.

 

"O‘zsanoatqurilishbank"

Kredit muddati: 4 yilgacha(48 oy);

Kredit foizi: 20 foizdan boshlanadi;

Boshlang‘ich to‘lov: 25 foizdan boshlanadi.

 

"Asia Alliance Bank"

Kredit foizi:

-  1 yilgacha 23%

-  4 yilgacha 25%

Boshlang‘ich to‘lovi: 25 foiz;

Kredit muddati: 1 yildan 4 yilgacha(12 oydan 48 oygacha);

Bank qarz oluvchiga ikki xil oylik to‘lov hisoblanish usulini taklif qiladi.

1.  Annuitet usul - to‘lovlar har oyda bir xil bo‘ladi;

2.  Differensial usul - vaqt o‘tishi bilan ular kamayib boradi.

 

"Tenge" banki

Mazkur tijoriy bank avtokreditni ikki xil tartibda taklif qiladi:

Avtokredit(birlamchi bozorga)

Kredit muddati: 48 oygacha;

Kredit foizi: 22.5 foizdan boshlanadi;

Boshlang‘ich to‘lov: 20 foizdan boshlanadi.

 

Avtokredit(ikkilamchi bozorga)

Kredit muddati: 36 oygacha;

Kredit foizi: 24.9 foizdan boshlanadi;

Boshlang‘ich to‘lov: 30 foizdan boshlanadi.

Maʼlumot uchun, Tenge Bank avtosug‘urtani tekin amalga oshiradi.

 

"InfinBANK"

Kredit muddati: 42 oy;

Kreditlarning imtiyozli davri: 6 oy;

Kredit foizi: 24.99 foiz;

Boshlang‘ich to‘lov: 25 foiz.

Bank yuridik yoki jismoniy shaxs kafilligi, avtokreditning maʼlum bir foizini qoplaydigan garov talab qiladi.

 

"HamkorBank"

Kredit muddati 48 oygacha bo‘lsa, kredit foizi:

-  22.9 foiz(boshlang‘ich to‘lovi 50 foiz);

-  24 foiz(boshlang‘ich to‘lovi 40 foiz);

-  25 foiz(boshlang‘ich to‘lovi 30 foiz).

 

Kredit muddati 36 oygacha bo‘lsa, kredit foizi:

-  22,9 foiz(boshlang‘ich to‘lovi 40 foiz);

-  24 foiz(boshlang‘ich to‘lovi 30 foiz).

 

AKB “Turonbank”

Kredit muddati: 4 yilgacha;

Kredit foizi: 22,9 foiz;

Boshlang‘ich to‘lov: 20 foiz.

Maʼlumot uchun, Turonbank ham avtokreditni to‘lashni ikki xil usulda taklif qiladi(annuitet, differensial).

 

"Alokabank"

Kredit foizi:

-  3 yilgacha bo‘lsa, 22 foizda(boshlang‘ich to‘lov 20 %);

-  4 yilgacha bo‘lsa, 22.99 foizda(boshlang‘ich to‘lovi 10 %);

-  5 yilgacha bo‘lsa, 24 foizda(boshlang‘ich to‘lov 30 %);

-  5 yilgacha bo‘lsa, 25 foizda(boshlang‘ich to‘lov 10 %).

 

“Ziraat Bank Uzbekistan”

Kredit foizi:

-  1-12 oy muddatga 22 foiz;

-  13-24 oy muddatga 23 foiz;

-  25-36 oy muddatga 24 foiz;

Boshlang‘ich to‘lov: 30 foiz.

Maʼlumot uchun, bank garov taʼminoti sifatida, sotib olinadigan avtotransport vositasining qiymatidan kam bo‘lmagan boshqa transport vositasini yoki ko‘chmas mulkni garov sifatida qabul qilishi mumkin.

 

Eslatma. Barcha tijoriy banklar ajratadigan avtokreditlar UzAuto Motors va KIA Motors tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillarni sotib olish uchundir.

 

Avvalroq O‘zbekistonda avtomobillarga talab 30 foizga oshgani hamda imtiyozli kredit mashmashalari haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"