Sport

Nasafning OCHL pley-offidagi raqibi maʼlum bo‘ldi

Mazkur bahs 15 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Nasafning OCHL pley-offidagi raqibi maʼlum bo‘ldi

 

 

Osiyo futbol konfederatsiyasi 2022 yilgi Osiyo Chempionlar ligasiga yo‘llanma olgan barcha jamoalar nomini maʼlum qildi. OFK Chempionlar ligasidagi ishtirokini pley-offdan boshlaydigan Qarshining “Nasaf” jamoasi guruh bosqichiga chiqish uchun BAAning “Baniyas” klubi bilan bahs olib boradigan bo‘ldi. “Ajdarlar” saralash uchrashuvini 15 mart kuni raqib jamoa maydonida o‘tkazadi.

 

Eslatib o‘tamiz, qarshiliklar “Baniyas” klubini yenggan taqdirda, OCHL guruh bosqichiga yo‘l olishadi. Shu orqali Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubi OFK Kubogida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Aks holda, Nasafning o‘zi OFK Kubogida ishtirokini boshlaydi va Jizzax klubi xalqaro musobaqada qatnashish imkoniyatini qo‘ldan chiqaradi.

 

Avvalroq, “Nasaf” klubi endi futbolchi sotib ololmasligi va Chiroqchi tuman hokimligi qarshisidagi markaziy o‘yingoh qarovsiz ahvolga kelib qolgani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

custom img

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

custom img

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

custom img

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi bahslarida aralash jang sanʼati va ushu yo‘nalishlarida uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

custom img

Isroil boykot qilindi: Pokiston Isroilga qarshi doskaga chiqmadi

Samarqandda o‘tayotgan 46-FIDE Jahon shaxmat Olimpiadasining birinchi turida Pokiston shaxmat federatsiyasi shaxmatchilarini Isroilga qarshi o‘ynatmadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"