Turdimov "tilga kirdi"
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning betobligi va Germaniyada davolanayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Tarmoq kuzatuvchilari orasida viloyat hokimi insult oqibatlarini bartaraf etish uchun xorijga ketgan bo‘lishi ham mumkin, degan gaplar ham bo‘lgan.
Ammo bu kabi shov-shuvli xabarlarga Turdimov jim qarab turmadi. Viloyat hokimi ushbu xabarga javoban facebook‘dagi rasmiy sahifasida:
"Hozir rasman mehnat taʼtilidaman. Samarqand viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajarish birinchi o‘rinbosarim O‘roqov Jamshid Rajabovich zimmasiga yuklatilgan. Nazarimda, har xil gap so‘zlarga hojat yo‘q!, — deya izoh qoldirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev taʼtilga chiqqani hamda qisqa muddatli taʼtildan qaytgani haqida xabar berilgandi.







