Jahon

“Tolibon” jurnalist uchun so‘nggi najotmi?

Hamma Afg‘onistondan qochayotgan bir paytda Yangi zelandiyalik jurnalist Sharlotta Bellis mamlakatga qaytib keldi.

“Tolibon” jurnalist uchun so‘nggi najotmi?

 

Uni Kobulga kelishga nima majbur qilgan?

 

Bellis Qatarda, “Al Jazeera” telekanalida ishlagan. U va uning qallig‘i The New York Times gazetasi fotografi bo‘lgan Jim ham Afg‘onistonda Afg‘oniston yo‘nalishida faoliyat olib borgan. Bellis Qatarga kelgach, homilador ekanini bilib qoladi. Qatarda oila qurmasdan homilador bo‘lish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin. Buni anglagan jurnalist mamlakatdan chiqib ketishga qaror qildi.

 

Ammo u Yangi Zelandiyaga karantin cheklovlari tufayli qayta olmasdi. Shu sababli Belgiyaga ketadi. Ammo bu yerda ham viza bilan bog‘liq muammolar tufayli uzoq tura olmaydi. Bellisda mavjud yagona viza Afg‘onistonga tegishli edi. U “Tolibon”dan mamlakatga kelishga ruxsat so‘raydi. Harakat bunga izn beradi va jurnalist xavfsizligini taʼminlashni vaʼda qildi.

 

Shunday bo‘lsa-da, Bellis Afg‘onistonda farzandini dunyoga keltirishdan qo‘rqmoqda. U mamlakatdagi tibbiyot o‘zi va bola salomatligini taʼminlashga yetmaydi, deb hisoblayapti. Bellis Yangi Zelandiyaga qaytish uchun 59 marta murojaat yo‘llagan, ammo hozircha qaytishga ruxsat yo‘q.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"