0

16 nafar sudya “Ibratli sudya” mukofoti bilan taqdirlandi

Sovrindorlar qatorida Oliy suddan to tuman sudining sudyalarigacha bor.

16 nafar sudya “Ibratli sudya” mukofoti bilan taqdirlandi

 

Sudyalar oliy kengashi qaroriga ko‘ra, tizim tarixida ilk marta odil sudlovga erishishdagi ko‘rsatkichlari barobarida o‘zining chuqur bilimi hamda maʼnaviy fazilatlari bilan kasbdoshlariga namuna bo‘layotgan 16 nafar sudya “Ibratli sudya” mukofoti bilan taqdirladi.

 

Bu haqida Sudyalar oliy kengashi axborot xizmati xabar berdi.

 

Davlat rahbarining 2020 yil 7 dekabrdagi “Sudyalarning chinakam mustaqilligini taʼminlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan sohada ochiqlik va shaffoflikni taʼminlashga qaratilgan qator o‘zgarishlar  joriy etilib, jumladan, odil sudlovni amalga oshirishda yuqori reyting ko‘rsatkichga ega bo‘lgan sudyalarni “Ibratli sudya” mukofoti bilan taqdirlash belgilangandi.

 

Bu nomzodlarni saralashda xolislik va ochiqlik ustuvor ahamiyat kasb etganini yaqqol ko‘rsatadi.

Cho‘lponoy Ahmedova tayyorladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"