0

Chirchiqda bank xodimini "kiydirib ketishdi"

Fuqaro qalbaki hujjatlar bilan bankdan 4 milliard so‘m kredit olib, ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Chirchiqda bank xodimini "kiydirib ketishdi"

 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chirchiq shahar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv щtkazildi. Unda “G.I.” MCHJ rahbari J.E. “I.” MCHJga tegishli 3-qavatli noturar joy binosi internet saytlari orqali sotuvga qo‘yilganligidan foydalanib, obyektning kadastr hujjati, MCHJ rahbarining imzo va muhrini qalbakilashtirib, ushbu hujjatlar orqali binoni garov taʼminoti sifatida qo‘yib, bankdan 4 milliard so‘m olgani aniqlandi.

 

Tijorat banki filiali masʼul shaxslari J.E. tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni to‘liq o‘rganmagan hamda kredit mablag‘ining maqsadli sarflanishi monitoring qilinmagani oqibatida, tadbirkor va bank manfaatlariga 4 mmillard so‘m zarar yetkazilgan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) va 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"