0

Noqununiy dori vositalarining “estafeta”si Ohangaronga yetdi

Dori vositalari ortilgan avtomashina ham qonuniy emasligi aniqlandi.

Noqununiy dori vositalarining “estafeta”si Ohangaronga yetdi

 

Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi huquqni muxofaza qiluvchi boshqa idora vakillari bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

 

Tadbir davomida, harakatlanib ketayotgan, fuqaro R.Z boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda to‘xtatilib ko‘zdan kechirildi.

 

Natijada, avtomashina yukxonasida noqonuniy yo‘llar bilan yurtimizga olib kirilgan, xorijda ishlab chiqarilgan, fuqaro Z.Z.ga tegishli 444 dona "Tropikamid 10 mg" nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi hamda 400 dona "Tramadol 50 mg" nomli giyohvandlik vositasiga o‘xshash dori vositalari borligi aniqlandi.

 

Maʼlumot uchun: O‘zbekistonda kuchli taʼsir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritilgan alohida dori vositalarining chakana savdosi faqat ijtimoiy dorixonalar, shuningdek, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni saqlash va realizatsiya qilish (berish) faoliyatiga litsenziyasi mavjud bo‘lgan dorixonalar tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzaxda talaba noqonuniy ravishda 26 million so‘mga “Remdesivir” dorisini sotishga uringani haqida xabar berilgandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"