Devorga chizilgan rasm Shavkat Mirziyoyevga yoqdi
“Do‘stlik” mahallasidagi ko‘p qavatli uy devoriga chizilgan "Do‘stlik ramzi" surati prezident Shavkat Mirziyoyevning eʼtiborini tortdi.

Bu haqda “Darakchi” gazetasi muxbiri Sardor Rahmonqulov xabar qildi.
Masʼullarga qarab rasmni ko‘rsatgan Prezident: "Nega hammayoqqa shunday qilmaysizlar? Shu rasm ham odamning kayfiyatiga ijobiy taʼsir qiladi", — dedi.
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bu turdagi murallar (devoriy suratlar) shaharda ko‘payayotganini maʼlum qildi.
Ayni paytda Prezident Yangihayot ва Sergeli tumanida bo‘lib turibdi.







