Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlarida vaqtincha suv va gaz bo'lmaydi
Taʼmirlash ishlari yakunlanishi bilan suv va gaz taʼminoti tiklanadi.

Bugun Mirzo Ulug‘bek tumani Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan o‘tgan suv quvurida vujudga kelgan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib boriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar bermoqda.
Shu sababli, bir necha manzilgohlarda soat 10:00 dan 21:00 gacha ichimlik suvi taʼminotida bosim kamayishi yoki uzilishi kuzatiladi:
Humoyun mavzesi:
1. Ko‘p qavatli uylar – 38 ta
2. Yerli xonadonlar – 114 ta
3. 408-MTT
4. 279-umumtaʼlim maktabi
5. Neyrojarrohlik shifoxonasi
6. Mahalliy qozonxona
A.Yugnakiy mavzesi:
1. Ko‘p qavatli uylar – 54 ta
3. 83, 382, 113-sonli MTT lar
4. 120, 265, 20-maktablar
5. Sil kasalliklari dispanseri
6. “Medimaks” klinikasi
7. Tez yordam bo‘limi
8. Maishiy qozonxona – 5 ta
Geofizika MFY:
1. Ko‘p qavatli uylar – 11 ta
2. Yerli xonadonlar – 50 ta
Aholiga ichimlik suv maxsus texnikalarda yetkaziladi.
Bundan tashqari Mirzo Ulug‘bek tumani, Sohibqiron ko‘chasida tabiiy gaz taʼminotini ikki bosqichli tizimga o‘tkazish uchun yer usti d-76 mm o‘rta bosim gaz quvuriga ulash ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli, 2022-yil 18-fevral kuni soat 10:00 dan 16:00 gacha ushbu Kóchadagi 25 ta yerli aholi xonadonlarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq qish mavsumida gaz tanqisligi yuz berishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.







