Siyosat

Abdulaziz Komilov va Entoni Blinken o‘zaro tabrik almashdilar

Ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil to‘ldi.

Abdulaziz Komilov va Entoni Blinken o‘zaro tabrik almashdilar

 

2022 yil 19 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Entoni Jon Blinken ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan o‘zaro qutlov maktublari yo‘lladilar.

 

Abdulaziz Kamilov o‘z maktubida so‘nggi yillarda O‘zbekiston bilan AQSH o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilganini taʼkidladi. Mamlakatlarimiz o‘zaro hurmat tamoyili asosida siyosat, iqtisodiyot, inson huquqlari va madaniyat sohalaridagi qator masalalar bo‘yicha muvaffaqiyatli hamkorlik qilib kelmoqda.

 

Anʼanaviy o‘tkazib kelingan maslahatlashuvlar mexanizmi Strategik sheriklik muloqoti darajasiga ko‘tarilib, uning birinchi majlisi 2021 yilda Toshkent shahrida muvaffaqiyatli tashkil etilgani alohida bildiriladi.

 

AQSH bilan xalqaro va mintaqaviy formatlar, jumladan, “C5+1” mexanizmi doirasidagi samarali hamkorlik eʼtirof etiladi. Afg‘oniston xalqiga yordam ko‘rsatish uchun saʼy-harakatlarni birlashtirish muhimligi ham qayd etiladi.

 

Entoni Blinken O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli siyosiy va iqtisodiy yangilanishlar dasturiga yuqori baho beradi.

Maktub yakunida E.Blinken Qo‘shma Shtatlar O‘zbekiston olib borayotgan islohotlar dasturini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va konstruktiv hamkorlikni davom ettirish tarafdori ekanligini maʼlum qiladi.

custom img

O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasi ishga tushirilishi mumkin

Saida Mirziyoyeva Google vitse-prezidenti Karan Bhatiya bilan uchrashdi

custom img

Transport va tibbiyot loyihalari: Saida Mirziyoyeva DFC rahbari bilan uchrashdi

Uchrashuvda ikki tomonlama investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Serdar Berdimuhamedov bilan telefonda gaplashdi

O'zbekiston rahbari Turkmaniston Prezidentini tavallud kuni bilan tabrikladi.

custom img

BMT bilan 166 ta qo‘shma loyiha: Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi

Uchrashuvda sog‘liqni saqlash, ta’lim, kambag‘allikni qisqartirish va ekologik barqarorlik kabi yo‘nalishlardagi hamkorlikka e’tibor qaratildi.

custom img

Rossiyadagi saylovlar: Shavkat Mirziyoyev Putinga tabrik maktubi yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Rossiyadagi saylovlar mamlakat jamiyatining siyosiy madaniyati va fuqarolik hamjihatligini namoyon etganini ta’kidladi.

custom img

Dirijabl, favvora va osmono‘par binolardagi bayroq: Shavkat Mirziyoyevning Koreyaga tashrifi tafsilotlari

Prezident Shavkat Mirziyoyev Koreyadagi tashrifi davomida mintaqa davlatlari rahbarlari va koreyalik hamkorlar bilan uchrashdi. Sammit arafasida “Mirziyoyev doktrinasi” kitobining koreys tilidagi nashriga dastxat yozib berdi.

custom img

Janubiy Koreya Markaziy Osiyo prezidentlariga turli sovg‘alar taqdim etdi: ular orasida nimalar bor?

Janubiy Koreya prezidenti Li Je Myon Seulda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ularga mamlakatlarning qiziqishlari va madaniy xususiyatlarini inobatga olgan holda turli sovg‘alar taqdim etdi. Tojikiston prezidentiga berilgan sovg‘aning mazmuni esa oshkor qilinmadi.

custom img

Tushliksiz 10 ta tadbir, tanaffussiz qariyb 10 soat: Prezidentning Koreyadagi bir kuni

Prezident 15-sentyabr kuni Koreyada parlament va hukumat vakillari, yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashdi, biznes forumida qatnashdi va vatandoshlar bilan muloqot qildi. Uchrashuvlar ertalabdan kechgacha tanaffuslarsiz davom etdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"