Jizzaxda DSI katta inspektori pora bilan ushlandi
U tadbirkorga imtiyozli kredit olib berishni va’da qilib, undan 600 dollar so‘ragan.

Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti maʼlum qildi.uz/1718
Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Jizzax shahar Davlat soliq inspeksiyasining davlat soliq katta inspektori A.X. “M.N.” MCHJ rahbari M.ning ishonchiga kirib, bank muassasalarida ishlovchi tanishlari orqali 200 million so‘m imtiyozli kredit ajratilishida yordam berish evaziga 600 AQSH dollari va o‘zi uchun qaytarib berish sharti bilan 200 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Maʼlumot uchun: 2021 yilning avgust oyida Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparati korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha “ISO37001:2016” xalqaro sertifikatini qo‘lga kiritgandi.







