Jahon

Turkman gazini Janubiy Osiyoga yetkazib beruvchi o‘tkazgich qurilishi qachon boshlanadi?

“Tolibon” bu bo‘yicha Turkmaniston bilan muzokara o‘tkazdi.

Turkman gazini Janubiy Osiyoga yetkazib beruvchi o‘tkazgich qurilishi qachon boshlanadi?

 

Yaqin kunlarda TAPI gaz quvuri loyihasi amalga oshirilishi boshlanadi. Bu haqda “Sputnik Afganistan” xabar berdi.

 

Unga ko‘ra, Afg‘oniston mudofaa vazirligi vakillari turkman tomoni bilan loyiha xavfsizligi bo‘yicha muzokara o‘tkazgan. Turkmaniston tomonidan muzokaralarda Afg‘onistondagi elchi Xo‘ja Ovezov va TAPI Pipeline Company Ltd. Konsorsiumi ijrochi direktori Muhammedmurod Amanov ishtirok etgan.

 

Maʼlumot o‘rnida: Turkmaniston — Afg‘oniston — Pokiston — Hindiston gaz quvuri. “Tolibon” hokimiyat tepasiga kelgach, bu yo‘nalishni tezroq amalga oshirish maqsadida bir qancha muzokaralar o‘tkazildi. Toliblar rahbariyati ham loyihaning qay darajada muhim ekanini yaxshi anglaydi.

 

Masalan, Afg‘oniston mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi, “Tolibon” harakati asoschisi Mulla Umarning o‘g‘li Mulla Yoqub TAPI uchun istalgan qurbonlikka tayyorligini maʼlum qilgan.

 

Ushbu loyihani amalga oshirish 2015 yildan boshlangan. Uning umumiy qiymati 10 milliard dollarni tashkil etadi. Gaz quvuri umumiy uzunligi 1814 kilometr. U orqali yiliga 30 milliard kubometr gaz eksport qilish mumkin. Maʼlumotlarga ko‘ra, Afg‘oniston bu loyiha amalga oshsa, yiliga 500 million dollar foyda oladi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ashraf G‘ani Afg‘onistonga qaytmasligi maʼlum qilingandi. 

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"