Jamiyat

O‘zbekiston va Tojikiston shaharlari maxsus turistik poyezd bilan bog‘lanadi

Bu loyiha aslida pandemiyadan oldin ishga tushirilishi kerak bo‘lgan.

O‘zbekiston va Tojikiston shaharlari maxsus turistik poyezd bilan bog‘lanadi

 

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida yangi turistik yo‘nalish yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Bu xaqda "Sputnik Tadjikistan" xabar berdi.

 

Endilikda turistlarga ikki mamlakat o‘rtasida sayohat qilish imokoniyati yaratiladi. Xususan, turistik poyezd orqali Andijon — Konibodom — Xo‘jand — Dushanbe — Samarqand — Buxoro — Qarshi shaharlariga borish mumkin.

 

"So‘g‘d temir yo‘llari" korxonasi rahbari Ubaydullo Obidovning maʼlum qilishicha, ushbu loyiha uchun poyezdlar tayyor. Shu bilan birga u bu yo‘nalish ikki yil oldin ishga tushirilishi lozimligi, ammo pandemiya tufali ortga surilganini taʼkidlagan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turizm va sport vazirligi ikkiga ajratilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"