Jahon

Urush tufayli millionga yaqin ukrainalik vatanini tark etdi — BMT

So‘nggi uch kunda qochqinlar soni ikki barobar oshgan.

Urush tufayli millionga yaqin ukrainalik vatanini tark etdi — BMT

 

BMT qochqinlar masalasi agentligi Ukrainadagi urush ortidan qancha qochqin paydo bo‘lganini maʼlum qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Unga ko‘ra, 24-fevraldan buyon Ukrainani bir millionga yaqin kishi tark etgan. Qochqinlar soni so‘nggi 3 kunda ikki barobarga oshgan. BMT maʼlumotlariga ko‘ra, ularning aksariyati Polshaga ketgan. U yerga yuz minglab qochqinlar borgani aytilmoqda.

 

BBC taqqoslash uchun quyidagi statistikani keltirgan: qurolli to‘qnashuvlar avjiga chiqqan 2015 yilda Suriya, Iroq va Afg‘onistonni jami 1.3 million kishi tark etgan.

 

Maʼlumot o‘rnida: 24-fevral kuni Rossiya Ukraina sharqida maxsus operatsiya boshlaganini eʼlon qildi. Shu kungacha Berdyansk, Xerson kabi yirik shaharlar egallandi. Odessa va Mariupol hozirda qurshab olingan. Kiyev va Xarkov ostonalarida qonli janglar davom etmoqda. Urush ortidan Moskvaga qarshi G‘arb yangi sanksiyalar joriy etdi. Yevroittifoq va AQSH Rossiya samolyotlari uchun osmonini yopdi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning qator banklari SWIFT tizimidan uzib qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 

custom img

Kobuldagi xususiy maktabda portlash sodir bo‘ldi, o‘quvchilar jarohatlandi

O‘quvchilar darslardan chiqqanidan keyin maktab hovlisiga granata otilgan

custom img

Qozog‘istonda 19 yoshli o‘zbekistonlik kelin vafot etdi

U o‘limidan oldin dugonasiga eri shirinlik tufayli uni urganini aytgan.

custom img

Tramp Makka kelishuvini Yaqin Sharqning birlashuvi deb atadi

AQSh prezidenti mazkur bitim mintaqa davlatlarining o‘zini himoya qilish imkoniyatlarini kuchaytirishini ta’kidlagan.

custom img

Janubiy Koreya va AQSh qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni boshladi

Manevrlarda Janubiy Koreyaning qariyb 18 ming harbiy xizmatchisi qatnashmoqda.

custom img

“Isroil mintaqadagi urushlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchi” – Erdo‘g‘an

Turkiya prezidenti Anqara tinchlikka tahdid qilinadigan holatda urushdan qochmasligini bildirib, Isroilning G‘azo va Livandagi harbiy amaliyotlarini keskin tanqid qildi.

custom img

AQSh Eronga qarshi yadroviy qurol ishlatishi mumkin

Sobiq kongressmen AQSh Eronga qarshi yadroviy qurol qo‘llash ehtimolini muhokama qilayotganini ma'lum qildi.

custom img

Eron AQSh askarlarini qo‘lga olgan yoki o‘ldirganlar uchun mukofot belgiladi

Ayollar uchun mukofot miqdori ikki baravar bo‘lishi aytildi.

custom img

Isroil armiyasi “Hizbulloh”ning yuqori martabali qo‘mondoni yo‘q qilinganini ma'lum qildi

IDF qo‘mondonning Isroil harbiylariga qarshi hujumlarni, jumladan, dron hujumlarini tayyorlashda ishtirok etganini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"