0

Paxtachidagi “samosud” yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi

Ikki fuqaro janjaliga bozor nazoratchisi aralashgan.

Paxtachidagi “samosud” yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda "Samarqand viloyati Paxtachi tumanida bozor nazoratchisi yoshi kattaroq erkakni samosud qilgani aytilmoqda" sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan rasmiy maʼlumot eʼlon qilindi. 

 

2022-yilning 3-mart kuni Paxtachi tumani "Tadbirkor" mahallasida joylashgan dehqon bozorida Narpay tumani "Tepa" mahallasida yashovchi, 1965 yilda tug‘ilgan X.K. hamda Paxtachi tumani "Qora tepa" mahallasida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan X.D. o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Holatga bozor nazoratchisi aralashib, ularni ajratib, IIB xodimlariga xabar bergan.

 

Hodisa joyiga tuman IIB xodimlari borib, fuqarolar IIB binosiga olib kelingan.

 

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"