Afg‘oniston ichki ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Sirojiddin Haqqoniy ilk bor yuzini ko‘rsatdi.
U uzoq yillar davomida qiyofasini yashirib kelayotgandi.

Bu haqda “Sputnik Afganistan” xabar berdi.
Haqqoniy shu kunga qadar o‘z qiyofasini yashirib kelgan. Bunga sabab – u terrorchilik faoliyati uchun xalqaro qidiruvga berilgan. Haqqoniy haqidagi maʼlumotlar uchun AQSH 10 million dollar vaʼda qilgan.
Bugun ichki ishlar vaziri Kobulda politsiya akademiyasida ilk bor yuzini ko‘rsatdi.
Maʼlumot o‘rnida: Sirojiddin Haqqoniy “Haqqoniy tizimi” xalqaro terrorchilik tashkiloti raxbari hisoblanadi. Bu tashkilot “Tolibon”ning harbiy qanotini tashkil etadi va harakatning eng radikal qatlamlarini o‘zida jamlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq qancha afg‘onistonlik vataniga qaytib kelgani to‘g‘risida xabar berilgandi.







