0

"Ayol qalbi" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi

Taqdimotda sportchi haqidagi qisqa metrajli film ham namoyish qilindi.

"Ayol qalbi" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi

 

8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan rejissyor Jamila Po‘latovaning “Ayol qalbi” badiiy filmining katta premyerasi o‘tkazildi.

 

Premyera avvalida Kinematografiya agentligi va Milliy kinematografiyani rivojlantirish Markazi tomonidan barcha ayol kinoijodkorlar bayram bilan tabriklanib, ularga sovg‘alar ulashildi. So‘ngra, sahnaga film ijodkorlari taklif qilinib, jamoaga kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat tilashdi.

 

Tomoshabinlar uchun Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlari chempioni Safiya Burxanova haqidagi "Matonat maktabi" qisqa metrajli hamda “Ayol qalbi” badiiy filmlari namoyish etildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

"Ayol qalbi" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi