Hokim yordamchisi ilk marotaba tuman hokimi bo‘ldi
U bunga qadar “Madeli” ovulida hokim yordamchisi bo‘lgan.

Bugun Xalq deputatlari Mo‘ynoq tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi.
Menglibekov Baxtiyar Bekmurzayevich Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar B.Menglibekov Mo‘ynoq tumani “Madeli” ovul fuqarolar yig‘inidagi tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi lavozimida faoliyat yuritgan.







