0

Oliy taʼlim sohasida ikkita ko‘krak nishoni taʼsis etiladi

Mukofot 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayrami arafasida topshiriladi.

Oliy taʼlim sohasida ikkita ko‘krak nishoni taʼsis etiladi

 

Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan "Oliy taʼlim sohasidagi xizmatlari uchun" hamda "O‘rta maxsus va professional taʼlim sohasidagi xizmatlari uchun" ko‘krak nishonlari taʼsis etiladi.

 

 

"Ko‘krak nishoni bilan oliy taʼlim sohasida yoshlarni voyaga yetkazishda fidokorona mehnat qilayotgan, yorqin isteʼdodi va ijodi, vatanparvarlik fazilatlari bilan el-yurt o‘rtasida hurmat qozongan faol, tashabbuskor, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yosh avlodni vatanparvarlik g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan fuqarolar taqdirlanadi", deyiladi loyiha matnida.

 

"Oliy taʼlim sohasidagi xizmatlari uchun" hamda "O‘rta maxsus va professional taʼlim sohasidagi xizmatlari uchun" ko‘krak nishonlari 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayrami arafasida topshiriladi. "Oliy taʼlim sohasidagi xizmatlari uchun" hamda "O‘rta maxsus va professional taʼlim sohasidagi xizmatlari uchun" ko‘krak nishonlari bilan mukofotlash O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus taʼlim vaziri buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.

 

Markaziy bankning "Davlat belgisi" davlat unitar korxonasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlimi vazirligining buyurtmasiga asosan "Oliy taʼlim sohasidagi xizmatlari uchun" hamda "O‘rta maxsus va professional taʼlim sohasidagi xizmatlari uchun" ko‘krak nishonlari va ularning guvohnomasi tayyorlanishi belgilangan tartibda taʼminlanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"