Jahon

GFR sobiq kansleri Ukrainadagi vaziyatni yumshatish uchun Moskvaga bordi – Bild

Nashr maʼlumotlariga ko‘ra, buni Ukraina hukumati iltimos qilgan.

GFR sobiq kansleri Ukrainadagi vaziyatni yumshatish uchun Moskvaga bordi – Bild

 

Germaniyaning sobiq federal kansleri Gerxard Shryoder Ukraina hukumati iltimosiga ko‘ra Rossiyaga bordi. Bu haqda Bild gazetasi xabar berdi.

 

Gazeta maʼlumotlariga ko‘ra, Shryoder ushbu tashrifini o‘zi aʼzo bo‘lgan Gemaniya sotsial-demokratik partiyasi bilan ham, GFR hukumati bilan ham muhokama qilmagan. U bir necha kun avval o‘z yaqinlariga Moskvaga borgani haqida aytgan.

 

Payshanba kuni Amerikaning Politico gazetasi sobiq kansler Moskvaga Putin bilan Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilish uchun borgani to‘g‘risida xabar tarqatdi. Gazeta maʼlumotlariga ko‘ra, Shryoder bundan oldin Turkiyada Ukraina delegatsiyasi aʼzolaridan biri bilan muloqot qilgan.

 

Germaniyaning amaldagi kansleri Olaf Shols bu xabarlarga munosabat bildirmadi.

Maʼlumot o‘rnida: Gerxard Shryoder 1998-2005 yillarda Germaniya hukumatini boshqargan. O‘z vaqtida u Germaniyani Rossiyaning YEIdagi asosiy xamkoriga aylantirdi. Shryoder va Putin do‘st sifatida ko‘riladi.

 

Sobiq kansler 2017 yildan buyon “Rosneft” direktorlar kengashi raisi hisoblanadi. Shuningdek, u Nord Stream AG aksionerlar qo‘mitasi va shu kompaniya direktorlar kengashiga raislik qiladi.

 

Eslatib O‘tamiz, avvalroq Olaf Shols sobiq hamkasbidan Rossiya kompaniyalariga rahbarlik qilishni to‘xtatishni so‘ragandi. 

custom img

Rossiya poyezdga zarba berdi: Yevropaning yuqori martabali amaldorlari hudud yaqinida bo‘lgan

Boris Jonson, Germaniya kansleri maslahatchisi Gyunter Zautter va Shvetsiyaning sobiq bosh vaziri Karl Bildt Ukrainadan qaytayotgan bo‘lgan.

custom img

Shotlandiya, Uels va Shimoliy Irlandiya mustaqillik bo‘yicha referendum o‘tkazmoqchi — The Telegraph

Hukumat rahbarlari Buyuk Britaniyadan mustaqillik masalasini muhokama qilish uchun Kardiffda yig‘iladi.

custom img

Indoneziyada yo‘lovchi kemasi ag‘darildi: 100 dan ortiq odam bedarak yo‘qoldi

Hodisa oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan, 107 kishi qutqarilgan.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozini ochish uchun 7 ta shart: Eron AQShdan javob kutmoqda

Ushbu shartlar Eronning yuqori martabali vakillari tomonidan ma’qullangan.

custom img

Filippindagi parom yong‘ini: qurbonlar soni 76 nafarga yetdi

Paromdan yana 41 kishining jasadi topildi, 13 kishi esa bedarak yo‘qolgan.

custom img

Saudiya Arabistoniga hujum: muhim neft quvuri yopildi

Ushbu quvur Hormuz bo‘g‘ozidagi neft eksporti bilan bog‘liq uzilishlar sharoitida muhim muqobil yo‘nalish hisoblanadi.

custom img

Istanbuldagi dahshatli jinoyat: qotillar umrbodga qamaldi

Ular marhumalarning o‘limidan foydalanib, turar joyda o‘g‘rilik qilganlikda ham aybdor deb topildi.

custom img

“Qaror qabul qilishimiz kerak”: Zelenskiy Putinga Mayamida uchrashishni taklif qildi

Ukraina Prezidenti uchrashuvda aytiladigan gaplardan ko‘ra, muzokaralarning natijasi muhimligini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"