0

Pastdarg‘omda ona va qizi o‘z uyida o‘ldirib ketildi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida ona va uning qizi o‘z yashash uyida o‘ldirib ketilganiga oid xabarlarga oydinlik kiritildi.

Pastdarg‘omda ona va qizi o‘z uyida o‘ldirib ketildi

 

Bosh prokuratura matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, voqelik joriy yilning 10 mart kuni sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, shu kuni tumanning "Esaboy" mahallasida istiqomat qiluvchi 58 yoshli N.A. (ayol) va uning 21 yashar qizi V.D.ning murdasi  qotillik alomatlari bilan topilgan.

 

Marhumalar o‘tkir tig‘li jismdan yetkazilgan jarohatlar orqali vafot etgani ehtimoli yuqori. Chunki, fojia sodir bo‘lgan xonadondan tig‘ qismi uzunligi 22 sm. bo‘lgan oshxona pichog‘i topilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Jinoyatni fosh etish uchun tezkor-tergov guruhi tuzilib, tegishli harakatlari olib borilmoqda.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"