0

Abdulaziz Komilovning xorijda davolanayotgani aytildi

Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi ma'lum qildi.

Abdulaziz Komilovning xorijda davolanayotgani aytildi

 

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning sog‘ligida muammolar yuzaga kelgan. Uning hozirgi holati chuqur tekshiruvlardan o‘tishni taqozo qilishi aytilmoqda.

 

Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi quyidagicha axborot berdi:

 

"O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov so‘nggi o‘n kun davomida surunkali kasalliklari tufayli Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-son Markaziy klinik shifoxonasida tibbiy muolajalar oldi.

Shifokorlarning konsilium xulosasiga ko‘ra, A.Komilovning salomatligini yana-da chuqurrok tekshiruvdan o‘tkazish zarurati yuzaga kelgani sababli, ayni kunlarda Vazir ixtisoslashgan tibbiy ko‘rikdan o‘tish va tegishli muolajalarni olish maqsadida xorijda davolanishni davom ettirmoqda!", — deyiladi vazirlik axborotida. 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"