0

Markaziy bankning oltin va kumush esdalik tangalari sotuvi yo‘lga qo‘yilmoqda

Mazkur esdalik tangalari ularning texnik xususiyatlarini tasdiqlovchi asillik sertifikatlari bilan sotuvga chiqariladi.

Markaziy bankning oltin va kumush esdalik tangalari sotuvi yo‘lga qo‘yilmoqda

 

Markaziy bank tomonidan joriy yilning 30 martidan boshlab “Yangi O‘zbekiston” va “Navro‘z” mavzulariga bag‘ishlangan oltindan tayyorlangan 15 va 20 gramm og‘irlikdagi hamda kumushdan tayyorlangan 31,1 gramm og‘irlikdagi esdalik tangalari sotuvga chiqarilmoqda.

 

Oltin va kumush esdalik tangalarini tijorat banklarining filiallarida naqd va naqd pulsiz hisob-kitoblar asosida sotib olish mumkin.


 
Esdalik tangalari sotuvi yo‘lga qo‘yilgan tijorat banklari filiallarida belgilangan tartibda qaytarib sotib olish amalga oshiriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"