0

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida poyezd qatnovi boshlanashi kechiktirilmoqda

Qozog‘iston Nukus – Beyneu va Toshkent – Olmaota yo‘nalishidagi xalqaro yo‘lovchi poyezdlari qatnovini boshlash sanasi keyingi muddatga ko‘chirmoqda.

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida poyezd qatnovi boshlanashi kechiktirilmoqda

 

Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.  Taʼkidlanishicha, qo‘shni davlat bunga mamlakatda karantin cheklovlari joriy etilganini sabab qilib ko‘rsatdi.

 

Mazkur qaror Qozog‘iston hududida koronavirus infeksiyasi paydo bo‘lishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha Idoralararo komissiya yig‘ilishi bayonnomasi bilan tasdiqlandi.

 

Chipta sotib olgan yo‘lovchilardan pulni qaytarib olish uchun temir yo‘l kassalariga murojaat qilish so‘raldi. Chiptalarni keyingi sanalarga qayta rasmiylashtirib olish imkoniyati ham bor.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"