Livanga “Spark” avtomobillarining birinchi partiyasi yuborildi
"UzAuto Motors" AJ axborot xizmati xabar berishicha, martning so‘nggi kunida kompaniya Livanga 54 dona LT, AT komplektatsiyali “Spark” avtomobillarining birinchi partiyasini yubordi. Keyinchalik Yaqin Sharq bilan ushbu hamkorlikni yana-da kengaytirish rejalashtirilmoqda.

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Chevrolet avtomobillari so‘nggi yillarda Qozog‘iston, Ozarbayjon, Tojikiston, Ukraina, Belarus, Afg‘oniston va Rossiya bozorlarida juda raqobatbardosh ekanligini ko‘rsatdi, deyiladi kompaniya axborot xizmati xabarida.
Ammo doimiy o‘zgarib borayotgan xalqaro vaziyatda bozor imkoniyatlarini kengaytirish uchun avtomobil ishlab chiqaruvchilarni tinimsiz ishlashga majbur qilmoqda.
Mazkur faoliyat doirasida "UzAuto Motors" Livandagi eng yirik avtomobil dilerlaridan biri — IMPEX kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaror qildi.







