Jahon

Turkiya Afg‘oniston shimolidagi neft konlarini o‘zlashtirmoqchi

Buning uchun 250 million dollar investitsiya kiritish mo‘ljallangan.

Turkiya Afg‘oniston shimolidagi neft konlarini o‘zlashtirmoqchi

 

Turkiya Amudaryo basseynidagi neft konlarini o‘zlashtirish uchun katta mablag‘ ajratmoqchi. Bu haqda Afg‘oniston tog‘-kon sanoati vazirligiga tayanib Ariana News xabar berdi.

 

Vazirlik rasmiy vakili Ismatulla Burxonning maʼlum qilishicha, turk kompaniyalari buning uchun 250 million dollar investitsiya kiritmoqchi.. Ammo Burxon bu aynan qaysi kompaniyalar ekanini ochiqlamagan. Shu bilan birga u Amudaryo nefti uchun Markaziy Osiyo va Eron korxonalari ham raqobatlashayotganini maʼlum qilgan.

 

Afg‘oniston savdogar va investorlari assotsiatsiyasi rahbari Boz Muhammad G‘ayratning taʼkidlashicha, mamlakat shimoli uglevodorodlarga boy. U Rossiya kompaniyalarini ham konlarni o‘zlashtirishga chaqirgan.

 

Maʼlumot o‘rnida: 2006 yilda AQSH geologiya xizmati shimolda 1.6 milliard barrel neft, 450 milliard kubometr tabiiy gaz va 14 million kub metr suyultirilgan uglevodorod gaz zaxiralari mavjudligini aniqlagan. Amudaryo basseynida ko‘plab o‘rganilmagan gaz konlari bor.

 

Avvalroq AQSH Afg‘onistonga qo‘shimcha 204 million dollar mablag‘ ajratgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 

 

custom img

"Men boshqalarning o‘lishiga yo‘l qo‘ya olmasdim”: Flydubai kapitani voqea tafsilotlarini aytdi

Flydubai reysida ikkinchi uchuvchi tomonidan hujumga uchragan Smit Machchhar Hindiston Bosh vaziri bilan suhbatlashdi.

custom img

Tailanddagi suv toshqini avtomobil sanoatiga ta’sir qildi: Toyota va Honda zavodlarini yopdi

Suv toshqini ehtiyot qismlar yetkazib berish zanjirida uzilishlarga sabab bo‘lgan.

custom img

«Uning hech qachon qo‘llanilmasligiga kafolat yo‘q»: Putin yadroviy qurol haqida gapirdi

Rossiya prezidenti "Valday” xalqaro munozara klubining yalpi majlisida yadroviy qurol qo‘llanishi ehtimoli haqida gapirib, uni teatr sahnasida devorga osilgan va oxir-oqibat o‘q uzishi kerak bo‘lgan miltiqqa qiyosladi.

custom img

Xarkovga aviabombalar tashlandi: halok bo‘lganlar soni ikki kishiga yetdi

Avvalroq bir kishi halok bo‘lgani va to‘qqiz kishi jarohatlangani xabar qilingandi.

custom img

Latviyada rus tiliga taqiq qo‘yildi: jamoat teleradiokompaniyasi kontenti cheklandi

Yangi tartib 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi, rus tilidan esa faqat favqulodda vaziyatlar va dezinformatsiyani rad etish kabi ayrim holatlarda foydalanishga ruxsat beriladi.

custom img

Migrantlar uchun yangi talab: ishga joylashish haqida qachon xabar berish kerak?

Rossiyada patent asosida ishlayotgan migrantlar uchun xabarnoma berish tartibi yangilandi.

custom img

Har 10 qochqin boladan 4 nafari maktabga bormayapti — BMT

2025-yilda dunyo bo‘ylab maktab yoshidagi 13,1 mln qochqin bolaning 5,8 mln nafari ta’limdan chetda qolgan.

custom img

“Endi qoidalar yo‘q”: Zelenskiy Rossiya hujumlari kuchayishini aytdi

Ukraina prezidenti Rossiya harbiy qo‘mondonligiga hujumlar bo‘yicha avvalgi cheklovlarni bekor qilish topshirig‘i berilgani haqida bayonot berdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"