Jahon

Ukraina Moskvani Misrni g‘allasiz qoldirishda aybladi

Misr dunyoning eng yirik bug‘doy import qiladigan davlatlaridan biri.

Ukraina Moskvani Misrni g‘allasiz qoldirishda aybladi

 

Ukrainaning Qohiradagi elchixonasi Rossiyani Misr uchun bug‘doy ortilgan kemani ushlab qolishda aybladi. Bu haqda elchixonaning rasmiy Twitter akkauntida maʼlum qilingan.

 

"Rossiya Misrga tomon ketayotgan va Ukraina g‘allasi ortilgan kemani bloklab qo‘ydi", — deyiladi bayonotda. Kema Marine Traffic portali tomonidan kuzatilgan. Unga Panama bayrog‘i ostidagi Emmakris III kemasi hamrohlik qilmoqda. Hozirda u Chernomorskda turibdi. Kema 22 fevraldan beri shu joydan qo‘zg‘almagan.

 

O‘z navbatida RFning Misrdagi elchixonasi bu ayblovlarni rad etdi. Unga ko‘ra, Odessa va Chernomorskdagi kemalarni Ukrainaning o‘zi ushlab turibdi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, g‘alla Misr tomonidan 15 fevraldan 3 martga qadar sotib olingan 300 ming tonna bug‘doyning bir qismi hisoblanadi.

 

Misr dunyoning eng yirik don isteʼmolchilaridan biri. Mamlakat har yili 11 million tonna bug‘doy import qiladi, jami isteʼmol ko‘rsatkichi — 18 million tonna. Ushbu arab davlatiga asosiy eksportyor davlatlar Rossiya va Ukraina hisoblanadi. Xususan, 2021 yil Moskva Qohiraga 8.2 million tonna bug‘doy sotgan (importning 74.5 foizi). Ukraina ulushi 20 foizni tashkil etadi.

 

Avvalroq Jahon savdo tashkiloti dunyoda jiddiy oziq-ovqat tanqisligi bo‘lishidan ogohlantirgandi. 

 

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

AQSh Mudofaa vazirligi ushbu tuzilmalarni milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritgan.

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Van Xunin bilan uchrashgan.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Shunga o‘xshash xavfsizlik choralari Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlarda ham ko‘rilmoqda.